Xatirchida oltin qaziyotgan 4 kishi zaharlanib halok bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida “Oltinsoy” tog‘ tizmasidan noqonuniy oltin qaziyotgan 4 kishi zaharlanib halok bo‘ldi, yana 3 kishi tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 12 iyun kuni Xatirchi tumanida yashovchi 7 kishi “Oltinsoy” tog‘ tizmasidan tilla qumi qazib olish maqsadida borgan va chuqurlikka tushib ketgan. Ularning 4 nafari “elektrodvijok”dan chiqqan yoqilg‘i tutunidan zaharlanish oqibatida voqea joyida vafot etgan. Yana 3 nafar fuqaro tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, noqonuniy ravishda tilla qumlarini qazib oluvchilarni aniqlash va bu kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish yuzasidan muntazam ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tadbirlar o‘tkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing