Xarkovdan 5 ming aholi Rossiyaga evakuatsiya qilingani aytilmoqda

Olam

image

Ukrainaning Xarkov viloyatidan so‘nggi 24 soat ichida 5 ming nafar aholi Rossiyaga evakuatsiya qilingan. Bu haqda viloyat mamuriyati rahbari Vitaliy Ganchev ma’lum qildi.

“Xarkov viloyatining 5 mingga yaqin aholisi Rossiya Federatsiyasi hududiga o‘tkazildi. Ularga yordam ko‘rsatilmoqda. Luganskda qancha odam borligini ayta olmaymiz, hech qanday aloqa yo‘q edi”, deydi Ganchev “Rossiya 24” telekanali efirida. 

Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkovning ma’lum qilishicha, kecha, 11 sentyabr kuni bir sutkada Xarkov viloyatidan minglab odamlar chegarani kesib o‘tgan. Kursk va Voronej viloyatlari ham ukrainalik qochqinlarni joylashtirishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Kursk gubernatori Roman Starovoyt Belgorod hukumatiga qochqinlarni qabul qilishda yordam berishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 10 sentyabr kuni kechga borib Prezident Zelenskiy oy boshidan beri Ukraina Qurolli Kuchlari mamlakatning Rossiya bosqini ostida qolayotgan 2000 kilometrga yaqin qismini ozod qilganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Xarkov viloyatidagi Vasilenkovo va Artemovka aholi punktlari rus bosqinchilaridan tozalangani aytildi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing