Chimayevning keyingi raqibi kimligi aytildi

Sport

image

UFC'ning yarim o‘rta vazn toifasida shiddat bilan odimlayotgan, shveysariyalik Hamzat Chimayev va afsonaviy Neyt Dias bellashuvi joriy yilning 10 sentyabr kuni Las-Vegasda (AQSH) bo‘lib o‘tadigan UFC 279 turnirining asosiy jangi bo‘ladi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar jang uchun shartnomalarni hali imzolanmagan. Biroq UFC bosh tijorat direktori Xanter Kempbellning xabar berishicha, har ikki jangchi ham bahsga og‘zaki rozilik bergan.

Ma’lumot uchun, Dias oxirgi jangini 2021 yilning yozida Leon Edvardsga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan edi. Chimayev esa 2022 yilning aprelida Gilbert Byorns bilan qiyin kechgan jangni o‘z foydasiga hal qilgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing