Xames raqib futbolchisining hayotini saqlab qoldi
Sport
−
13 yanvar 2022
17856Qatarning “Al-Rayyan” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges Qatar chempionatining 13-turidan o‘rin olgan “Al Vaqra”ga qarshi uchrashuvda malilik himoyachi Usmon Kulibalining hayotini saqlab qoldi. Bu haqda “BeIN Sports” nashri xabar berdi.
Gap shundaki, uchrashuvning birinchi bo‘limida Kulibali hushidan ketgan. Kolumbiyalik futbolchi esa voqea joyiga tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar Kulibaliga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatgan. Rodriges 32 yoshli futbolchining boshini to‘g‘rilab, qo‘shimcha yordam ko‘rsatish uchun shifokorlar brigadasi kelguniga qadar nafas olishiga ko‘maklashgan. Hozirda malilik futbolchi shifoxonaga yotqizilgan va ahvoli barqarorlashgan.
O‘yindan keyin Yulduzlar ligasi rahbariyati Kulibalining yurak xurujiga uchraganini tasdiqladi. Ushbu uchrashuvda “Al-Rayyan” 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va Xamesning o‘zi dubl qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Xames Rodriges 2021 yilni sentyabridan beri “Al-Rayyan” safida faoliyat yuritadi. U Qatar chempionatining joriy mavsumida 7 ta o‘yinda ishtirok etgan va 3 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
LiveBarchasi