Xalq ta’limi vazirligi yarim yilda safarlar uchun qancha xarajat qilganini ochiqladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi xodimlari 6 oyda 267 marotaba hududlarda xizmat safarlarida bo‘lib, 395,5 million so‘m xarajat qildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda
 
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning dastlabki yarim yilligida joylarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’limni rivojlantirish istiqbollarini o‘rganish maqsadida hamda Respublika ishchi guruhlari tarkibida Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati hamda markaziy apparatining mutaxassis xodimlari 267 marta Respublikaning turli hududlariga xizmat safarlarini amalga oshirgan.
 
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur safarlar uchun 395,5 million so‘m miqdorida xarajat qilingan.
 
Qayd etilishicha, xizmat safarlarii doirasida maktablarda yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifati, maktablarda ta’lim darajasini oshirish, ta’lim muassasalarining yer maydonlari va daxlsizligi, ulardan unumli foydalanish, maktab binolarini soz holatda saqlash kabi masalalarga e’tibor qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat xaridlari nazorat qilinadigan tashkilotlar e’lon qilingandi. Unga Xalq ta’limi vazirligi ham kiritilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020 yilda byudjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlariga ko‘ra, eng ko‘p qonunbuzilish holatlari Xalq ta’limi vazirligi tizimida kuzatilgan. Hisobot davrida vazirliklar va idoralar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari hamda boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etgan:

Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 709 ta nazorat tadbirlarining 573 tasida 96,6 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (29,8 mlrd so‘m) nisbatan 3,2 martaga oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing