XTV tizimida qancha mablag‘ noqonuniy sarflangani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan joriy yilning I yarim yilligida olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida ayrim byudjet muassasalari tomonidan byudjet mablag‘larini sarflanishida tizimli ravishda byudjet qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani aniqlandi. 

Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarida haqiqatda ishga kelmagan va xizmat vazifasini bajarmagan xodimlarga yoki umuman ishlamaydigan fuqarolar nomiga ish haqi hisoblanishi, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini, shuningdek, mehnat ta’tili, mukofot va moddiy yordam mablag‘larining asossiz hisoblanishi va to‘lanishi natijasida jami 812,4 million so‘m byudjet mablag‘larini noqonuniy sarflanishiga yo‘l qo‘yilgan.

Bundan tashqari, Bog‘dod tumanidagi 50-umumta’lim maktabida pudratchi “Farg‘ona sayqal servis” xususiy korxonasi tomonidan “Obod qishloq” dasturi doirasida bajarilgan ta’mirlash ishlari joyida nazorat o‘lchovidan o‘tkazilib, moliyalashtirish uchun taqdim etilgan hisob faktura ma’lumotlari bilan xaqiqatda bajarilgan ishlar solishtirilganda 129,9 million so‘mlik bajarilmagan ish hajmlari qo‘shib yozilganligi ma’lum bo‘ldi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida.

Sh.Rashidov tumanidagi 9-maktabgacha ta’lim muassasasida haqiqatda ishlamagan 31 nafar fuqarolarga ish haqi hisoblash yo‘li bilan 955,5 million so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Shuningdek, Buxoro shahar 46- maktabgacha ta’lim muassasasida haqiqatda ishga kelmagan va xizmat vazifasini bajarmagan 8 nafar xodimlarga 88,4 mln. so‘mlik ish haqi to‘lovlari ortiqcha hisoblanib, asossiz to‘lab yuborilgan.

Uychi tumanidagi 11- maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi tomonidan 23 nafar xodimga 21,5 million so‘m avans pullari yozilib, ushbu mablag‘ xodimlarga tarqatilmasdan o‘zlashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing