Xalq ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10 iyun kunidagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari tayinlandi. bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident qaroriga ko‘ra, Karimjonov Rustam Olimjon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu paytgacha Rustam Karimjonov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya” markazi davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Rustam Karimjonov 2019 yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Sarvar Babaxodjayev o‘rniga tayinlandi.

Rustam Karimjonov 2009 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini (bakalavr) va 2011 yilda Koreya Respublikasidagi Xalqaro Solbrij universiteti (magistratura) ni tamomlagan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov XTV

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing