“Xalqning puli qayerda?” Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Maryam Tillyayevani “siquvga” oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillyayeva o‘zining TikTok sahifasida obunachilari tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.

Maryam Tillyayeva so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda dengizda va sohilda hordiq chiqarayotgani aks etgan foto va video materiallarni joylagani ortidan ko‘plab salbiy izohlar qabul qilib olgan ko‘rinadi.

Maryam dastavval, “Nabira har doimgidek bekami-ko‘st vaqtichog‘lik qilmoqda. Sizga e’tibor yetishmaydimi?”, degan savolga bergan javobidan O‘zbekistonda TikTok blokda ekanligini bilmasligi ma’lum bo‘ldi.

“Nimaga shu turdagi savollar menga ko‘p kelyapti? TikTok Rossiyada ishlamayapti, O‘zbekistonda esa ishlayapti. Shuning uchun menga shunaqa savollar ko‘p kelayotgan bo‘lsa kerak. 

Birinchidan, sizlarda yangi hokimiyat va ana shu rahbarlarning bolalari bor. Ular buni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatishmayotgani, bu ularda o‘n karra yaxshiroq va hashamatliroq yaxta va kemalar yo‘q ekanligini anglatmaydi. 

Ikkinchidan, men do‘stimning yaxtasidaman, uning ota-onasi qonuniy ravishda ko‘chmas-mulkdan daromad ko‘rishadi. Menga tushuntiring, buni o‘zbek xalqiga nima ta’siri bor?

Uchinchidan, Bolalarni ular bola bo‘lganliklari uchun ayblashni bas qiling. Men Xudodan va ota-onamdan, badavlat va o‘qimishli insonlar davrasida bo‘lganim uchun minnatdorman. Mana shu yerda bo‘lganim bu narsalar meniki ekanligini anglatmaydi. Men ishlayman, lekin buni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatmayman. Rahmat”, degan Tillyayeva

Yana bir TikTok foydalanuvchisi, “Xalqning puli qayerda?”, degan savol bilan murojaat qilgan. Maryam bu savolga ham video-javob qaytarar ekan, ota-onasidan pul olmasligi va izohlar uni quyushqondan chiqarayotganini ta’kidlagan.

“Men o‘zim pul ishlab topaman, ota-onamdan pul olmayman. Men shunchaki o‘z do‘stlarim bilan dam olyapman. Ularni yaxta olishga ham, mehmonxonada turishga ham qurbi yetadi. Balki men shunga imkoniyati bor yigitlar bilan gaplashayotgandirman. Izohlar meni quyushqondan chiqarmoqda. Yaqinda katta intervyu bo‘ladi. Men u yerda vaqtimni qanday o‘tkazishim va qayerdan daromad ko‘rishim haqida aytaman. Bu nima degan gap? Boshqa insonlarga qarang, ular qanday yashamoqda? Kelinglar shuni tagiga yetamiz”, deydi Tillyayeva

Ma’lumot o‘rnida, Maryam Tilyayeva O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayevaning to‘ng‘ich qizi. Maryam 1999 yilning 20 yanvar kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. O‘tgan yili u rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqqan edi, ammo joriy yilning iyul oyida  ularning munosabati o‘z poyoniga yetgani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1099

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing