“Xalqlar do‘stligi” binosi oldida aktyorlar janjallashgani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi yonida ommaviy mushtlashuv ro‘y bergani aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha, Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 26 avgust kuni taxminan soat 16:00 da Chilonzor tumani “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi oldida xususiy kinokompaniya tomonidan teleserialni tasvirga olish ishlari olib borilayotgan bo‘lgan. Suratga olish jarayonida aktyorlar o‘zaro gap talashib tortishib qolgan va janjallashib ketgan. Og‘zaki janjal natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1604

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing