Xalq favqulodda holatlar bo‘yicha stress-testdan o‘tdi – Alisher Qodirov

Jamiyat

image

Kecha, 25 yanvar kuni O‘zbekistonda yuz bergan elektr ta’minotidagi uzilish ortidan xalq namoyishga chiqmagani, turli g‘alamis provokatsiyalarni sovuqqonlik bilan rad etgani o‘zbek xalqining stress-testdan o‘tganini ko‘rsatadi. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov ma’lum qildi. 

“Mamlakatda avval hech bo‘lmagan transchegaraviy texnogen avariya oqibatida yuzaga kelgan 10 soatlik energota’minotdagi uzilishni bartaraf etishda davlat rahbaridan boshlab barcha mas’ul vazirlik va idoralar fidoyilik qildi. Xalqimiz ham vaziyatdan manfaat izlaydigan turli g‘alamis provokatsiyalarni sovuqqonlik bilan rad etdi”, deydi Alisher Qodirov.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, xalqning turli g‘alamis provokatsiyalarni sovuqqonlik bilan rad etgani, mamlakat favqulodda holatlar bo‘yicha stress-testdan o‘tganini ko‘rsatadi. 

“Shu bilan birga vakolatli Hukumat komissiyasi bunday holat takrorlanmasligi uchun aybdorlarni aniqlashiga va jiddiy jazolashiga ishonamiz. Tinchlikni qadrlaydigan va sabrni tafakkur qiladigan o‘zbek xalqini Yaratgan panohida asrasin”, deydi partiya rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

383

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing