“Xalq banki” xodimi 3,8 milliard so‘mni “tuya qildi”

3-sahifa

image

Davlat xavfsizlik xizmati “Xalq banki”ning Xovos filialida 3,8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilinganini aniqladi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning Ichki audit hamda Ichki nazorat va komplayens departamentlari mutaxassislari hamkorligida bankning Sirdaryo viloyatidagi Xovos filialida noqonuniy holat aniqlandi. 

2020-2023 yillar davomida qalbaki hujjatlar rasmiylashtirish va (yoki) biron-bir hujjat rasmiylashtirmasdan hamda soxta ma’lumotlardan foydalangan holda jami 3 milliard 828 million 400 ming so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘lari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

“Holat yuzasidan DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li orqali talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bankning Xovos filiali bir nafar mas’ul xodimiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing