Xalqaro sud qaroridan so‘ng falastinliklar quruq gapni emas, balki harakatni istamoqda 

Olam

image

Isroilning G‘azo bo‘ylab yetti oydan beri davom etib kelayotgan hujumi tufayli o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan Salva al-Masri BMT Xalqaro sudining Isroilga Rafahdagi hujumini to‘xtatishni buyurgan qarori bilan uning ahvoli yengillashishiga umid qilmayapti. Bu haqda u “Reuters” bilan suhbatda so‘z ochdi.

“Qirg‘in tobora kuchayib bormoqda. Ular bunday demasliklari kerak, zero ularning harakati boshqacha. Biz bu qarorlar joylarda hayotga tatbiq etilishini istaymiz”, deydi u Dayr al-Balohdagi chodir tashqarisida ochiq olovda ovqat pishirarkan.

Masri urush boshida G‘azo shimolidagi uyidan qochib ketgan. Isroil hujumi oqibatida to‘rt marta ko‘chirilgan falastinlik Shaban Abdul Rauf esa Isroil o‘zini xalqaro qonunlardan ustun qo‘yayotganini, chunki AQSH ma’muriyati uni jazodan himoya qilayotganini aytadi.

“Dunyo Isroil qo‘lida bizning qirg‘in qilinayotganimizni to‘xtatishga hali tayyor emas”, deydi telefon orqali bog‘langan Abdul Rauf.

O‘tgan hafta Janubiy Afrika advokatlari Falastin xalqining omon qolishini ta’minlash uchun Isroilning Rafahga hujumlarini to‘xtatish kerakligini aytib, Xalqaro suddan favqulodda choralar qo‘llashni so‘radi. Xalqaro sud sudyalari kecha, 24 may kuni Isroilga Rafahdagi hujumlarini to‘xtatishni buyurdi.

HAMAS Xalqaro sudning qarorini olqishlaganini aytdi, biroq bu yetarli emas, chunki G‘azo bo‘ylab va, ayniqsa, G‘azo shimolidagi ishg‘ol tajovuzi juda shafqatsiz va xavflidir.

“Falastinliklar urushni zudlik bilan to‘xtatishga muhtoj va ular bunga erishish uchun chora ko‘rishni xohlaydi. Bizga deklaratsiya kerak emas”, deydi ko‘chirilgan falastinlik Nabil Diab. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Xalqaro sud qaroriga qaramay, Rafahga hujumni davom ettirishini ma’lum qilgandi. 

Habib Jo‘raboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Falastin Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing