Xalqaro sport tashkiloti Husanovni e’tirof etdi
Sport
−
24 dekabr 2024 16323 1 daqiqa
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) 21 yoshgacha bo‘lgan jahonning eng yaxshi markaziy himoyachilari reytingida o‘zbekistonlik Abduqodir Husanovni birinchi o‘ringa loyiq ko‘rdi. Bu haqda CIES matbuot xizmati xabar berdi.
Tashkilot vakillari reytingni “Wyscout” ma’lumotlari asosida tuzdi. Himoyaviy harakatlarni amalga oshiruvchi markaziy himoyachilar orasida ushbu reytingda Husanov 81,8 ball to‘pladi.
Dunyoning Top U-21 markaziy himoyachilari:
1. Abduqodir Husanov (“Lans”) - 81.8;
2. Piyetro Komuzzo (“Fiorentina”) - 81.7;
3. Matte Smets (“Genk”) - 79.2;
4. Vitor Reys (“Palmeyras”) - 78.9;
5. Kristian Moskuyera (“Valensiya”) - 77.5.
Qayd etish joiz, Husanov kecha, 23 dekabr kuni O‘zbekistonda yilning eng yaxshi yosh sportchisi, deb topildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025