Xalqaro qidiruvdagi ikki kishi Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

3-sahifa

image

Interpolning O‘zbekiston, Ukraina, Polsha va Turkiya Milliy markaziy byurolari xodimlarining hamkorlikdagi tezkor harakatlari hamda O‘zbekistonning Polsha Respublikasidagi elchixonasi vakillarining bevosita yordami bilan og‘ir jinoyatlar sodir etgan ikki nafar jinoyatchi Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Qidiruvdagilardan biri giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganlikda ayblangan bo‘lib, uzoq vaqt davomida chet elda yashirinib kelgan va tezkor tadbirlar natijasida ukrainalik hamkasblar tomonidan hibsga olingan.

O‘zbekistonda Internet platformasida jinoyatchi tomonidan yaratilgan moliyaviy piramidaga 2 million AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritgan, ikki mingdan ortiq fuqaroni aldagan ikkinchi yirik kriptofiribgar ham xorijiy davlat hududida aniqlangan va hibsga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma tasdiqlangandan so‘ng, Interpol MMB xodimlari hamrohligida jinoyatchilar munosib jazo olish uchun O‘zbekistonga olib kelingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing