Xalqaro islom akademiyasi bu yildan kiber tahdidlarga qarshi kurashuvchi mutaxassislarni tayyorlamoqchi

Jamiyat

image

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida zamon talablaridan va globallashuv jarayonidan kelib chiqqan holda yangi — “Axborot xavfsizligini boshqarish” mutaxassislik yo‘nalishi ochildi.  Bu haqda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mazkur yo‘nalishda tayyorlanadigan talabalar axborot makonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar, texnologik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, mafkuraviy, diniy va boshqarishda zarur bilim va tajribaga ega mutaxassislar tayyorlanadi.

Shuningdek, talabalar jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash hamda faoliyat samaradorligini ta’minlashda axborot va zarur ma’lumotlarni tahlil etadigan mutaxassis sifatida o‘qitiladi. 
  
Xabarda aytilishicha, 2020-2021 o‘quv yilida davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlariga ko‘ra “Axborot xavfsizligini boshqarish” mutaxassislik yo‘nalishiga jami 25 nafar talaba qabul qilinishi nazarda tutilmoqda. Shundan 12 nafar talaba davlat granti asosida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuni alohida qayd etish o‘rinliki, so‘nggi vaqtlarda axborot xavfsizligi sohasida butun dunyoda diniy ilmga ega bo‘lgan tajribali mutaxassislarga ehtiyoj ortmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar, internet saytlardagi maqolalar, blogpostlar, audio va vizualmahsulotlarning kun sayin ortib borayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik ruhga ega bo‘lgan chiqishlar tobora ko‘payayotgani ushbu yo‘nalishdagi mutaxassislarga ehtiyoj uyg‘onganini tasdiqlaydi. 

Akademiya rasmiy saytida ushbu mutuxassislik yo‘nalishining tashkil etilishiga quyidagicha izoh bildirilgan. 

“Bugun hayotimiz va butun ish faoliyatimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Yuqori texnologiyalarning jadal rivojlanishi mavjud axborotdan samarali va o‘rnida foydalanish barobarida noto‘g‘ri va xato xabarni saralashni o‘rganish hamda foydalanuvchini kiber tahdidlarning har qanday ko‘rinishidan himoya qilishni ham taqozo etmoqda”


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing