Xakerlar UzAuto Motors saytiga hujum qildi
Jamiyat
−
01 iyun 2020 15855 1 daqiqa
Kecha, 31 may kuni tunda UzAuto Motors kompaniyasining rasmiy veb-saytiga xakerlik hujumi uyushtirildi. Bu haqda kompaniya o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali xabar berdi.
Mazkur hujum sababli https://uzautomotors.com saytining bosh saxifasida nosozlik yuzaga keldi.

“Kompaniya mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida qisqa fursatlarda rasmiy veb-sayt o‘z faoliyatini tikladi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Hozirda sayt avvalgiday o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr