Xakerlar Hindiston Bosh vazirining Twitter sahifasiga  hujum qildi

Olam

image

Bugun, 12 dekabr tongda xakerlar Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining Twitter akkauntini buzib kirdi va unga soxta tvit joyladi. Bu haqda Bosh vazir idorasi ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

Unda aytilishicha, xakerlar akkauntni "juda qisqa vaqt davomida" nazorat qilgan va Twitter darhol akkaunt ustidan nazoratni tiklash uchun barcha zarur choralarni ko‘rgan.

"Holat yuzasidan Twitter ogohlantirildi va akkaunt darhol himoyalandi", deyiladi idora xabarida.

Ma’lumotlarga qaraganda, Modining  akkaunti buzilish paytida uning sahifasiga mamlakat Bitkoin – kripto valyutani qonuniy to‘lov vositasi sifatida qabul qilgani haqida soxta tvit joylangan.

Shuningdek, Bosh vazir idorasi akkaunt buzib kirilgan vaqt davomida "har qanday e’lon qilingan tvitlarga e’tibor bermaslik kerakligini" ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, avvalroq  turkiyalik xaker Trampning veb-saytini buzib,  
u yerda Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan videolavhani e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing