X yana bir yangi funksiyani taqdim etdi

Jamiyat

image

X foydalanuvchilari tez orada telefon raqamlarini yashirgan holda qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Ilon Mask o‘zining X'dagi sahifasida ma’lum qildi. 

Xabarda bildirilishicha, bu xususiyat iOS, Android, Mac va Windows kabi ko‘plab versiyalar uchun moslashtiriladi.

Yangi funksiya orqali foydalanuvchilar Telegram'dagi kabi biror akkauntni shunchaki serverdan qidirish orqali bir-birlariga qo‘ng‘iroq qila oladi.

Shu oy boshida X bosh direktori Linda Yakkarino platforma CNBC bilan o‘zaro hamkorlikda ushbu xususiyatni taqdim etish ustida ishlayotganini tasdiqlagandi. Shuningdek, X'ning dizayneri Andrea Konvey yangi video qo‘ng‘iroqlar funksiyasining tugmasi platforma menyusining yuqori o‘ng burchagida joylashishini ma’lum qilib, bir nechta suratlarni taqdim etdi.

X'da qo‘ng‘iroq qilish xususiyatining paydo bo‘lishi uning Bluesky va Threads kabi raqiblaridan ajralib turishiga yordam beradi. Bu harakat Maskning platformani WeChat kabi keng qamrovli ilovaga aylantirish g‘oyasini yoqlaydi. 

Mask bu funksiya qachon hamma uchun ochiq bo‘lishi yoki u ma’lum obunachilar guruhiga taqdim etilishi haqida ma’lumot bermadi.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Maskning X platformasida URL qisqartmasi orqali o‘zgartirilgan rasmlar va giperhavolalar bilan biriktirilgan eski postlar yo‘qolib qolishni boshladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made