Ketma-ket tushishdan so‘ng dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
16:09 2229 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 64,24 so‘mga oshdi va 11 973,90 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 111,62 so‘mga ko‘tarilib, 13 700,54 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 2,54 so‘mga oshdi va 154,82 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 11,02 so‘mga ko‘tarilib, 1765,25 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 100 so‘mga pasaydi va 1 mln 837 ming 800 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 3 iyul Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 10 mln 753 ming 191 so‘mga oshdi va 739 mln 548 ming 264 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi