Ketma-ket to‘rt kun pasaygan dollar kursi oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,71 so‘mga oshdi va 11 774,92 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 1,8 so‘mga ko‘tarilib, 13 588,26 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,18 so‘mga tushdi va 139,17 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 0,63 so‘mga qimmatlab, 1754,41 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 3 ming 100 so‘mga tushdi va 1 mln 799 ming 900 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 15 sentyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 10 mln 449 ming 373 so‘mga oshdi va 905 mln 397 ming 52 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing