Ketma-ket ko‘tarilishdan so‘ng dollar kursi tushdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 27,11 so‘mga tushdi va 12 058,45 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 51,62 so‘mga pasayib, 13 818,98 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,48 so‘mga tushdi va 164,04 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 4,4 so‘mga ko‘tarilib, 1 781,34 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 300 so‘mga tushdi va 1 mln 848 ming 300 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 19 iyun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 20 mln 752 ming 959 so‘mga tushdi va 751 mln 538 ming 966 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar oltin bitkoin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing