Keshbek olishda 20 mingdan ortiq shaxs shubhali xaridorlar ro‘yxatiga tushdi
Jamiyat
−
06 mart 2023
8475Soliq mobil ilovasi orqali 2 099 554 ta foydalanuvchiga jami 890,1 mlrd so‘m keshbek tasdiqlab berildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, keshbeklarni to‘plash va uni olishda firibgarlik holatlari yoki shubhali xaridorlar ko‘p uchramoqda.
Qo‘mitaga ko‘ra, 20 mingdan ortiq foydalanuvchi shubhali xaridorlar ro‘yxatiga tushgan.
Shubhali xaridorlar – keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.
Shu sababli Face ID dan o‘tish talabi bosqichma-bosqich kiritildi. Bunda:
• jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSHSHIR) kiritish;
• yuzni to‘liq suratga olib tasdiqlashga yuborish talab qilinadi.
LiveBarchasi