Kepa Arizabalaga “Real”dan ketadi
Sport
−
03 aprel
2012Madridning “Real” klubi darvozaboni Kepa Arizabalaga Ispaniyada qolmaydi va “Chelsi”ga qaytadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
“Qirollik klubi” Andrey Lunin bilan shartnomani uzaytirmoqchi va Tibo Kurtuaning 2024 yilning yozida qaytishini kutmoqda. Shu tariqa, ispaniyalik darvozabon uchun jamoada joy qolmadi va u “Real”dan ketadi.
“Real” ukrainalik darvozabon Andrey Lunin uchun yangi shartnoma tayyorlab qo‘ygan. Hozirda klub va darvozabon o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. “Qirollik klubi” ukrainalik bilan murosaga kela olishiga to‘liq ishonmoqda.
Ma’lumot uchun, Madrid klubi Kepani avgust oyida ijaraga olgan edi, o‘shanda Tibo Kurtua jarohati tufayli deyarli butun mavsumni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgan. 29 yoshli posbon 2018 yilning yozida Bilbaoning “Atletik” klubidan 80 million yevro evaziga “Chelsi”ga o‘tib, futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylangandi. Hozirda Kepaning transfer narxi 18 millionga baholanmoqda.