Keniyada koronavirusning 16 ta yangi turi aniqlandi

Olam

image

Keniya tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari hozirgi kunda mamlakatda koronavirusning 16 yangi turi tarqalishi mumkinligini aniqladi, deb yozadi “Daily Nation”.

Tadqiqot davomida bir guruh olimlar iyun-oktyabr oylari oralig‘ida sakkizta tumandan 205 kishidan namunalar olgan. Ushbu namunalar asosida koronavirusning yangi turlari aniqlangan. Ular eng xavfli mutatsiyaga uchragan 4 ta turni aniqlagan. Mutaxassislarning qo‘rquvi shu to‘rttadan biridagi mutatsiyalar tufayli yuzaga kelgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, COVID-19 ning ushbu variantlari Buyuk Britaniya va Janubiy Afrikada topilgan yangi shtammlardan katta farq qiladi. Tadqiqot ma’lumotlari hali ham dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lishiga qaramay, aniqlangan shtammlardan biri faqat Keniyaga xos bo‘lib, ilgari dunyoning hech bir joyida topilmagan.

Shu bilan birga, tadqiqot guruhi rahbari Charlz Agotining so‘zlariga ko‘ra, bunday viruslardagi mutatsiyalar ko‘pincha ahamiyatsiz bo‘ladi. Aniqlangan namunalarga kelsak, ular haqida biron bir xulosaga kelishga hali erta, chunki ko‘proq testlar o‘tkazilishi zarur.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing