Kelin-kuyov Toshkent metropolitenida fotosessiya qildi (video)
Jamiyat
−
29 avgust 2023
62944Ijtimoiy tarmoqlarda kelin-kuyovning Toshkent metropolitenida to‘y fotosessiyasi o‘tkazayotgani aks etgan videolar tarqaldi. QALAMPIR.UZ ushbu voqea tafsilotlari bilan qiziqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli xoreografiya bilan shug‘ullanuvchi A.P. ismli qiz va uning turmush o‘rtog‘i 26 avgust kuni to‘y marosimi oldidan metropolitenda fotosessiya uyushtirgan. Juftlik “Kosmonavtlar” bekatidan metro hududiga kirgan va asosiy suratga olish ishlarini shu yerda amalga oshirgan. So‘ngra poyezdga o‘tirib, yana bir nechta suratlar olgan va “O‘zbekiston” bekatidan chiqib ketgan.
Ammo, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent metropolitenidan foydalanish qoidalarini hamda Toshkent metropoliteni faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining qonun loyihasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yildagi yopiq qaroriga ko‘ra, metropoliten rahbariyatining yozma ravishdagi ruxsatisiz xizmat ko‘rsatish (texnik) xonalarida, bekatlar va ob’ektlarda professional video va foto, shuningdek, “Prank” shaklidagi videolarni suratga olish ta’qiqlanadi. Ammo “Toshkentmetropoliteni” DUKning bildirishicha, juftlik tomonidan korxonaga hech qanday ariza berilmagan.
QALAMPIR.UZ muxbiri ham bu tartibni sinab ko‘rish uchun metropoliten bekatlaridan biriga borib, mobil bo‘lmagan qurilma bilan suratga olish uchun ruxsat so‘radi. Bekat kuzatuvchisi esa unga professional kamera bilan suratga olish uchun ruxsatnoma kerakligini aytdi.
LiveBarchasi