Kelgusi hafta dollar va yevro kursi tushishi bilan boshlanadi
Jamiyat
−
23 iyun 2023
9702O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 26 iyundan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,70 so‘mga tushdi va 11 469,57 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 175,69 so‘mga tushib, 12 457,10 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi 0,90 so‘mga tushdi hamda 136,51 so‘mni tashkil etdi.
Muhsinjon Umurzoqov