Kelgusi hafta boshidanoq yomg‘irli ob-havo kuzatiladi
Jamiyat
−
28 Sentabr
28163O‘zgidromet 30 sentyabr - 2 oktyabr kunlari uchun ob-havo prognozlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30 sentyabrda kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 1-2 oktyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 sentyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1-2 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30 sentyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 1 oktyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq, 2 oktyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 sentyabrda va 2 oktyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 sentyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 1 oktyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq, 2 oktabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 sentyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 1-2 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 30 sentyabrda 20-25 daraja issiq, 1 oktyabrda 23-28 daraja, 2 oktyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 sentyabrda va 2 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1 oktyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 30 sentyabrda 20-25 daraja, 1-2 oktyabrda 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi