Kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani aytildi
Bu qiziq
−
06 avgust 2023
16567Avgustning navbatdagi haftasida ilk kunlari respublika bo‘ylab biroz bulutli bo‘ladi, ammo yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 7 avgustda 33-38 daraja, 8-9 avgustda 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida 7 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja iliq, 7-8 avgust kuni kunduzi 30-35 daraja, 9 avgustda esa 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 7 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 7 avgustda 33-38 daraja, 8-9 avgustda esa 31-36 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 7-8 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 9 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 7 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja iliq, kechasi 28-33 daraja, 8-9 avgust kunlari esa 30-35 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi. 7-8 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 7 avgustda ba’zi joylarda kuchli momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 9 avgust kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, 7-8 avgust kunlari 20-25 daraja, 9 avgustda esa 23-28 daraja iliq bo‘ladi.