Kelasi yildan Telegram reklama-monetizatsiya qilishni boshlaydi
Texnologiya
−
23 dekabr 2020
5660Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov o‘z kanalida messenjerni rivojlantirish rejalari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, kelasi yildan boshlab, Telegram reklama-monetizatsiya xizmatini ishga tushiradi.
Uning messenjer borasidagi asosiy rejalari quyidagilar:
• Telegram messenjeri sotilmaydi;
• messenjer uzoq vaqt davomida mavjud bo‘ladi;
• ishbilarmon jamoalar va rivojlangan ehtiyojlarga ega foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha funksiyalar o‘rnatiladi;
2021 yildan Telegram monetizatsiya qilishni boshlaydi;
• hozirgi barcha xizmatlar bepulligicha qoladi;
• aloqa bilan bog‘liq barcha xizmatlar reklamasiz qoladi;
• Telegram kanallari uchun reklama birjasi paydo bo‘ladi;
Monetizatsiya nafaqat messenjerga, balki foydalanuvchilarga ham, jumladan kanal egalari uchun qo‘shimcha trafik shaklida, rassomlarga esa stikerlardan foyda keltiradi.
LiveBarchasi