Kelasi yil O‘zbekiston 700 mln dollarlik avtomobil eksport qilmoqchi
Olam
−
25 noyabr
3729Kelasi yil O‘zbekistonda 450 mingta avtomobil ishlab chiqarish va eksportni 700 million dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bu haqda bugun, 25 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga berilgan avtomobil sanoatida qilinayotgan ishlar va 2025 yilga mo‘ljallangan rejalar haqida axborotda ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, hududiy korxonalar bilan kooperatsiyani kuchaytirib, mahalliylashtirishni oshirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan. Xususan, 700 ta detalni o‘zlashtirish bo‘yicha 325 million dollarlik 63 ta loyiha amalga oshiriladi.
Mamlakat sanoatida avtomobilsozlik ulushi 10 foizni tashkil etadi. O‘tgan o‘n oyda 338 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. 1 ming 400 turdagi butlovchi qismlar mahalliylashtirilgan. Iqtisodiy choralar natijasida sohada tannarx 4 foiz kamaygan. Eksport 455 million dollar bo‘lgan.
Davlat rahbari xitoylik hamkorlar bilan kelishib, qo‘shimcha quvvatlarni qurish, elektromobillar uchun butlovchi va ehtiyot qismlarni izchil o‘zlashtirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Kooperatsiya asosida mahalliy korxonalarga buyurtmalarni shakllantirish vazifasi qo‘yildi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi