Kelasi yil “Real” “PSJ” futbolchisini sotib olmoqchi

Sport

image

Kelasi yil PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transferlar vaqtida Madridning “Real” jamoasiga o‘tishi mumkin.

Bu safar “Real” Prezidenti Florentino Peres Mbappeni jamoaga olib kelish uchun bor imkoniyatini ishga solishga tayyor.

Mbappe joriy mavsum Liga 1 ning 4 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe 1998 yil 20 dekabrda Fransiyaning Bondi shahrida tug‘ilgan.

Uning otasi Uilfrid, kamerunlik bo‘lib, Bondi futbol maktabida murabbiy bo‘lib ishlagan. Onasi Fayza Jazoir muhojirlarining avlodidan. Professional qo‘l to‘pi o‘yinchisi bo‘lgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Real Mbappeni olib kelmoqchi

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing