Kelasi yil Farg‘onada paxta ko‘chatlab ekiladi
Jamiyat
−
12 iyul
8734Kelgusi yili Farg‘ona viloyatidagi barcha paxta maydonlarida Shinjon-Uyg‘ur tajribasi asosida paxtani ko‘chatlab ekish texnologiyasi joriy qilinadi. Bu haqda bugun, 12 iyul kuni Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Bildirilishicha, so‘nggi uch yilda viloyatdagi 110 ming aholiga dehqonchilik qilish uchun 25,5 ming gektar yer berilgan. Ushbu yerlarda 3 marta hosil olish bo‘yicha Farg‘ona tajribasini yaratish topshirildi.
Ta’kidlanishicha, kelgusi yili viloyatdagi barcha paxta maydonlarida Shinjon-Uyg‘ur tajribasi asosida paxtani ko‘chatlab ekish texnologiyasi joriy qilinadi, zamonaviy urug‘chilik korxonasi tashkil etiladi.
Shuningdek, 15 ta tumanda 500 gektardan yerda bog‘lar tashkil qilinib, 50 sotixdan 30 ming aholiga bo‘lib beriladi, viloyatdagi 8 ming gektar samarasiz bog‘lar yangilanadi.
Farg‘ona tumanida sanoat usulida Italiya va Polshaning serhosil malina navlari ekiladi. Qo‘shtepa va Yozyovonda 1 ming gektardan yuqori hosildor bodom, shaftoli, gilos va olxo‘ri bog‘lari tashkil qilinadi.
LiveBarchasi