Kelasi hafta qanday ob-havo bilan boshlanishi aytildi

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati agentligi O‘zbekistonda dekabr oyining navbatdagi haftasi qanday ob-havo bilan boshlanishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 11-13 dekabr kunlari hududlarda quyidagicha ob-havo kuzatiladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 11 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 12 dekabrda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq, 13 dekabrda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlari havo o‘zgarib turadi, 11 dekabr ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor). 12-13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 dekabrda kechasi 2° sovuq- 3° iliq,  kunduzi 1-6° iliq, 12 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq,  13 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, Navoiy viloyatining shimolida 11 dekabrda kechasi 7-12° sovuq,  kunduzi 0-5° sovuq, 12 dekabrda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq, 13 dekabrda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 11 dekabr kuni ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. 12 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, 13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 dekabrda kechasi 2°-3° sovuq,  kunduzi 5-10° iliq, 12 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 13 dekabrda kechasi 8-13° sovuq,  kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 11 dekabr kuni ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutiladi. 12-13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 12 dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 13 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 11 dekabr ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. 12 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, 13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 dekabrda kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 12 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq 3° iliq, 13 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 11-12 dekabrda qor yog‘adi, 11 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, 13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq, 12-13 dekabrda kechasi 10-15° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 4-9° sovuq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing