Keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi

Jamiyat

image

2022 yilda keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi. Bu haqda “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan tasdiqlangan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilandi.

Dasturga ko‘ra, 2022 yilda davlat xizmatlarini rivojlantirish maqsadida:

  • hujjatlarni berish va almashtirishda, o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
  • “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasi orqali tug‘ilganlik to‘g‘risida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;
  • keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi.

Qonun ustuvorligini ta’minlash doirasida:

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi joriy etiladi;
  • qarori, harakati noqonuniy emasligini ma’muriy sudda isbotlash majburiyati, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o‘ziga yuklash tartibi joriy etiladi;
  • harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona onlayn elektron reyestr yuritiladi.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing