Kechki taomni dushmanga berish kerakmi? Diyetolog to‘g‘ri ovqatlanish sirini aytdi

Salomatlik

image

Kechki ovqatni muayyan vaqtda iste’mol qilish qomatning ixchamligi, immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlashga va ish kunidan keyin quvvatni tiklashga yordam beradi. Bu haqda diyetolog Irina Pisareva tegishli tavsiyalar berdi. 

Mutaxassisning fikricha, ovqat hazm qilish jarayoni dam olishga xalaqit bermasligi uchun kechki ovqatni o‘z vaqtida iste’mol qilish juda muhim.

"Kechki ovqatlanish uchun optimal vaqt soat 18 dan 19 gacha. Hech bo‘lmaganda uxlashdan 2-3 soat oldin tanovul qilish kerak. Chunki ovqat hazm bo‘lishi uchun vaqt kerak", deydi mutaxassis.

Shu bilan birga, kechki ratsion yengil bo‘lishi kerak. Pisarevaning so‘zlariga ko‘ra, tez hazm bo‘ladigan, tarkibida oqsil mavjud bo‘lgan taomlar kechki ovqatga mos keladi. Jumladan, baliq, tovuq, kurka, tuxum yoki tvorog va yogurt singari sut mahsulotlari juda foydalidir.

Shunga qaramay, kechki menyudan uglevodlarni chiqarib tashlash tavsiya qilinadi.

"Asosiy taomga garnir sifatida sabzavotlardan foydalanish, ularni xom yoki grilda pishirgan holda iste’mol qilish mumkin", deydi mutaxassis. 

Pisareva taomlarni ko‘katlar va ziravorlar bilan boyitishni maslahat bergan va salat bargi, shivit, petrushka, rayhon kabilarni bunga misol qilib keltirgan.

Qish kunlarida ratsiondagi ziravorlar ayniqsa muhimdir. Ular nafaqat taomning ta’mini yaxshilaydi, balki immunitet tizimini ham mustahkamlaydi. Bularga qalampir, zanjabil, kurkuma yoki rozmarin ham kiradi.

Bundan tashqari, ekspert kechki ratsionga uyda tuzlangan karam, kimchilarni ham qo‘shishni tavsiya qilgan. Qatiq bilan salat ham yaxshi naf beradi. Porsiya hajmi esa 250-300 grammdan oshmasligi kerak, shundan 100-150 gramm sabzavotlarga, qolganlari esa oqsilga to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

to'g'ri ovqatlanish Irina Pisareva Dietolog

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing