Kechirim so‘ragan Habibdan afg‘onistonliklar minnatdor bo‘ldi

Sport

image

Avvalroq Nurmuhamedovning afg‘onistonlik muxlislari sportchidan norozi bo‘lgani haqida xabar bergandik. Bu UFC sobiq chempionining Afg‘oniston masalasiga e’tibor qaratmagani bilan bog‘liq edi. Shundan so‘ng, Habib o‘z muxlislaridan kechirim so‘rab, vaziyatga izoh berdi.

Ushbu holatdan so‘ng, afg‘onistonliklar kechirim so‘ragan sportchini qo‘llab-quvvatlab, minnatdorlik bildirdi. 

Nurmuhamedovning Afg‘oniston haqidagi posti ostida obunachilar “boshingizni baland tuting, Habib, siz hech qanday yomonlik qilmadingiz”, “Rahmat, Habib", “Kechirim uchun rahmat! Biz seni yaxshi ko‘ramiz!”, “Habib, biz sizni yaxshi ko‘ramiz. Men Afg‘onistondanman, yomon gapirmadingiz, aka. Katta rahmat!”, deya yozilgan izohlarni o‘qish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Moskvada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Habib Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat haqidagi savolga javob berishdan bosh tortgan va bu mamlakat bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini aytgandi. Shundan so‘ng, Nurmuhamedov Afg‘onistondagi voqealarga hech qanday pozitsiyasi yo‘qligi uchun qattiq tanqid qilindi va kechirim so‘radi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning oktyabr oyida Habib Nurmuhamedov UFC 254 turnirida Jastin Getjini ikkinchi raundda uchburchak bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etdi. Jangdan so‘ng, rossiyalik sportchi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon UFC Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

678

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing