Afrosiyob poyezdiga tosh otish bo‘yicha necha marta javobgarlik belgilangani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilda Afrosiyob tezyurar poyezdiga nisbatan tosh otish holatlari 18 marta sodir etilgan. Bu haqda 12 dekabr kuni IIV vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida xabar berildi. 

Yig‘ilishda IIV Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Alisherov, IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Valijon Xidiraliyev, Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Oleg Bichenov va vazirlik matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov ishtirok etdi. 

“Joriy yilda bunday huquqbuzarliklar ancha kamaygan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 marta bunday huquqbuzarlik sodir etilganini ko‘rish mumkin edi. Bu bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Har bitta xonadonga bukletlar tarqatdik. Lekin shunga qaramay bunday ishlar davom etmoqda”, – deydi vazirlik vakili Valijon Xidiraliyev. 

Bundan tashqari, mamlakatda bunday holatlar boshqa joylarda ham kuzatilayotganligi haqida qo‘shimchalar qilindi. 

“Shaxrisabz shahridan Qarshi shahriga harakatlanayotgan avtobusga tosh otish hollari bo‘lgan. Natijada avtobusning katta oynasi sinib ketgan. Baxtimizga turistlarga hech narsa bo‘lmagan. Bu ishda huquqbuzarlar maktab o‘quvchilari bo‘lganligi aniqlangan. Darrov profilaktik choralar ko‘rildi, ota-onalari bilan gaplashdik”, – deya ta’kidladi Abdurashid Alisherov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linma xodimlari O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha 31 ta mahalliy yo‘nalishda, 11 ta xalqaro yo‘nalishda va 3 ta tranzit yo‘lovchi poyezdlarda kuzatuvni amalga oshiradi. 

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 21.826.900 nafar yo‘lovchining xavfsizligi ta’minlangan. Shundan 20.983.117 yo‘lovchi mahalliy yo‘nalishda, shu jumladan, 409.942 yo‘lovchi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “AFROSIYOB” elektropoyezdida, 679.101 yo‘lovchi halqaro yo‘nalishda hamda 164.682 yo‘lovchi tranzit poyezdlarida harakatlanishgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV Afrosiyob

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing