Kecha Afg‘oniston bilan chegarada bir askarimiz qahramonlarcha halok bo‘ldi – Mirziyoyev
Jamiyat
−
27 Sentabr 2021
53969O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod – amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Namanganda saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.
“Afg‘onistondagi holat hammamizga saboq bo‘lishi kerak. Chegaradagi vaziyat har kuni diqqat markazimizda. Hech kimga sarhadlarimizga daxl qilishga yo‘l qo‘ymaymiz. Chunki O‘zbekistonda qonun ustuvor, jazo muqarrar”, deydi Prezident.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, kuni kecha O‘zbekiston chegarasini buzib o‘tishga urinish bo‘lgan.
“Kuni kecha ham davlatimiz chegarasini buzib o‘tishga urinish bo‘ldi. Bir narkobaron harakat qildi. Lekin bizning daxlsizlik masalasida pozitsiyamiz qat’iy, kerak bo‘lsa, chegaramizni himoya qilish uchun qurol ishlatamiz.
Kechagi vaziyatda ham o‘z vazifasini sharaf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarcha halok bo‘ldi. U shu yurt farzandi – namanganlik edi”, deydi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilganlarga qarata.
LiveBarchasi