Kavani uchun kurashga “Sevilya” ham qo‘shildi 

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavaniga La liganing yana bir klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Sevilya” vakillari urugvaylikning agenti bilan bog‘langan. Shunga qaramay, 34 yoshli futbolchining o‘zi “Barselona”ga o‘tmoqchi va klub bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan.

Avvalroq, “Manchester Yunayted” Kavanini jamoada olib qolmoqchi ekani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Edinson Kavani mankunianliklar safini tark etib, erkin agent sifatida Kataloniyaning “Barselona” klubi safiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Moliyaviy inqirozlar davrida “ko‘k-anorranglilar” erkin agentga aylanadigan futbolchilarga alohida e’tibor qaratmoqda. Urugvaylik futbolchining MYU bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda urugvaylik futbolchi Angliya Premer ligasining 5 o‘yinida raqiblar darvozasiga bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
 


Maqola muallifi

Teglar

APL Barselona MYu La liga Sevil'ya Kavani

Baholaganlar

7

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing