Kattaqo‘rg‘onda talonchilar qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Shu yilning 22 sentyabr kuni soat 00:30larda 5 nafar noma’lum shaxslar davlat raqami belgisi bo‘lmagan “VAZ-21011” rusumli avtomashinada shu Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaligiga kelib, fermer xo‘jaligi ishchisi B.X.ga zo‘rovonlik ishlatib, 5 bosh qo‘yni avtomashinaga ortib olib ketgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu jinoyatni Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan D.Sh., 2001 yilda tug‘ilgan B.A., 2000 yilda tug‘ilgan S.X., 2001 yilda tug‘ilgan A.O. va 1997 yilda tug‘ilgan U.X.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlangan. 4 bosh qo‘ylar jabrlanuvchiga qaytarilgan.

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kattaqo'rg'onda talonchilar 4 bosh qo'y

Baholaganlar

57

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar