Kattaqo‘rg‘onda itni urib o‘ldirgan Xitoy fuqarosi jazolandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir shaxs itni temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holatni sodir etgan shaxsni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida u Xitoy fuqarosi Hao Sihua ekani aniqlangan. 

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida – to‘qqiz yuz ming so‘m jarima jazosi tayinlangan. 

Qo‘shma korxonaning qolgan ishchilari va rahbarlari bilan qayta shu turdagi huquqbuzarlikni sodir etmasligi yuzasidan tarjimon xizmatidan foydalanib profilaktik ishlar olib borilgan.

Ma’lumot uchun, xayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni ularni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish – 900 ming so‘mdan 1.5 mln so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa – 1.5 nln so‘mdan 3 mln so‘mgacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

435

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing