Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vafot etdi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A’zamxon Bahromov 60 yoshida vafot etdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.

A’zamxon Bahromov o‘z vaqtida Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ham ishlagan.

A’zamxon Usmonovich Bahromov 1960 yil Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. 1986 yil Toshkent xalq xo‘jaligi institutini bitirgan.

1986-1992 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti assistenti, aspiranti, 1992-1995 yiillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining katta o‘qituvchisi, dotsenti, dekan o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2005-2006 yillarda Samarqand viloyat hokimining sanoat, tadbirkorlik, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2006-2008 yillarda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi, 2017yil Toshkent shahar “Elit Favorit” xususiy korxonasi direktorining iqtisodiy-ijtimoiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, 2017 yil Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, A’zamxon Bahromov 2020 yil 19 oktyabr kuni Toshkent shahrida dafn etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

A'zamxon Bahromov

Baholaganlar

568

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing