Katta safarga chiqqan Bayden Britaniyada adashib qoldi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download
Putin va Bayden sabab Shveysariya havo hududining bir qismi yopiladi north_east

Putin va Bayden sabab Shveysariya havo hududining bir qismi yopiladi

AQSH Prezidenti Jo Bayden “Katta yettilik” (G7) davlatlari rahbarlarining sammitida ishtirok etish uchun Buyuk Britaniyaga kelgani haqida xabar bergan edik

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, AQSH Prezidenti Buyuk Britaniyada adashib qolgan. U Britaniyaning Kornoull grafligining Karbiy-Bey shahridagi restoranlardan biriga tasodifan kirib qolgan. 

Videolavhaga ko‘ra, Amerika Prezidenti notanish odamlar o‘tirgan restoranga kirgan. U yerda o‘tirgan xo‘randalarning reaksiyasiga ko‘ra, o‘zlari ham Bayden bilan uchrashishni kutmagan. Siyosatchi chiqish tomon yo‘l olganida, restoranda o‘tirganlardan biri undan sammit qanday o‘tayotganini so‘ragan. Bunga Prezident Bayden biroz ikkilanishdan so‘ng “juda yaxshi”, deb javob qaytargan.

Bu vaqtda restoranda paydo bo‘lgan noma’lum ayol, ehtimol tashkilotchi, uni qo‘lidan ushlab ko‘chaga olib chiqqan. Prezidentning ortida qolgan restoran mehmonlari “balki adashib qolgandir”, “u har doim shunday qiladi (Prezident Baydenning adashib qolishlari nazarda tutilgan — tahr.)”, deya ta’kidlashgan.

Avvalroq Jo Baydenning rafiqasi AQSH yetakchisi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan 16 iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tadigan sammitga “juda qattiq tayyorgarlik ko‘rganini” aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden o‘zining birinchi xorijiy safariga bir necha hafta davomida yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan, hatto safari boshlanadigan kunga qadar tinmay ishlagan. AQSH birinchi xonimining so‘zlariga ko‘ra, Bayden “tashqi siyosatni sevadi”.

Jo Baydenning xorijga safari boshlanishi arafasida sobiq AQSH Prezidenti Donald Tramp undan Putin bilan uchrashuv paytida uxlab qolmaslikni so‘ragandi

Ma’lumot uchun, AQSH Prezidentining xorijga safari sermahsul bo‘lishi kutilmoqda. Bayden ushbu safar chog‘ida Buyuk Britaniya, Belgiya va Shveysariyada bo‘ladi. Ushbu mamlakatlarga tashrifi davomida u G7 (“Katta yetilik”— Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya) davlatlari, shuningdek NATO hamda AQSH-YeI (Yevropa Ittifoqi) sammitlarida ishtirok etadi. Bundan tashqari, eng kutilgan uchrashuv — Bayden Shveysariyaning Jenevasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashadi. Ushbu uchrashuvga Jenevada qattiq tayyorgarlik ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

340

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing