“Katta og‘a seni kuzatmoqda”. Google foydalanuvchilarini “ta’qib qilgani”ni tan oldi

Olam

image

Smartfon egalari geolokatsiya ma’lumotlarini o‘chirib qo‘yganda ham Google o‘z foydalanuvchilarining joylashuv ma’lumotlari to‘g‘risida axborot to‘plagan. Kompaniya rahbarlari va muhandislari foydalanuvchilar doimo kuzatuv ostida bo‘lganidan xabardor ekanligini tan oldi. Bu haqda “Business Insider” nashri e’lon qilgan Google’ga nisbatan davom etayotgan sud jarayonlari to‘g‘risidagi hujjatlarda so‘z boradi.

Qayd etilishicha, Google foydalanuvchilarining joylashuvi to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plashda turli usullardan, shu jumladan Wi-Fi va Google bilan aloqasi bo‘lmagan uchinchi tomon dasturlaridan foydalangan. Dasturlarning ishlashi uchun esa foydalanuvchilar o‘zlarining ma’lumotlarini baham ko‘rishga majbur bo‘lgan.

Shuningdek, Google o‘zining Android operatsion tizimining versiyalarini sinovdan o‘tkazayotganda, foydalanuvchilar ularni o‘chirmasligi uchun menyuda maxfiylik sozlamalarini yashirishga uringan.

Google Maps uchun mas’ul bo‘lgan sobiq vitse-prezident Jek Menzel o‘z ko‘rsatmalarida, foydalanuvchining uyini yoki ish joyini aniqlay olmaslikning yagona usuli bu foydalanuvchi tomonidan ataylab Google’ni izdan chiqarib yuborishdir. 

Google kompaniyasining o‘zi esa bu holatga hech qanday izoh bermayapti.

Google’ga qarshi ish 2020 yilda Arizona Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan ochilgan. Xuddi shunday da’vo “Boies Schiller Flexner” kompaniyasi tomonidan berilgan. Ushbu firmaning so‘zlariga ko‘ra, foydalanuvchilar o‘zlarining akkauntlaridagi tegishli xususiyatlarni o‘chirib qo‘yganda ham Google ularning ma’lumotlarini noqonuniy ravishda to‘plagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

355

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing