Katta ko‘chada eridan kaltak yegan ayol himoya orderi olishdan bosh tortdi

Jamiyat

image
“Diniy bilimlarni ham oshirish vaqti keldi”. Polkovnik Umida Abdullayeva bilan ayollar haqida suhbat north_east

“Diniy bilimlarni ham oshirish vaqti keldi”. Polkovnik Umida Abdullayeva bilan ayollar haqida suhbat

Bugun, 31 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi tomonidan bir ayolga kuch ishlatilayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 30 iyul kuni taxminan soat 11:00 larda 1986 yilda tug‘ilgan X.F. o‘zining turmush o‘rtog‘i 1991 yilda tug‘ilgan M.O. bilan birga Uchtepa tumani Cho‘ponota ko‘chasida ketayotgan vaqtida o‘zaro gap talashib janjallashib qolgan.

O‘zaro janjal oqibatida, X.F. turmush o‘rtog‘i M.O.ga nisbatan kuch ishlatib, sochidan tortgan. Qayd etish kerakki, mazkur holat yuzasidan M.O. ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan.

Ma’lum qilinishicha, Uchtepa tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tomonidan o‘tkazilgan profilaktik suhbat jarayonida M.O. turmush o‘rtog‘iga nisbatan hech qanday e’tirozlari yo‘qligi, 2 nafar farzandi borligi va o‘zaro yarashib olishganini ma’lum qilib, himoya orderi olishdan bosh tortgan. 

X.F. qilgan ishidan pushaymonligini, jahl ustida turmush o‘rtog‘iga kuch ishlatganini va turmush o‘rtog‘i bilan yarashib olganini ma’lum qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda himoya orderi 2019 yil 2 sentyabr kuni xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun bilan birgalikda qabul qilingan. Himoya orderi bu – tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga davlat himoyasini taqdim etuvchi hujjat xisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

685

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing