Karvaxal vaqtincha pozitsiyasini o‘zgartiradi

Sport

image

“Real”ning bo‘lajak o‘yinlarida jamoaning o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal markaziy himoyachi sifatida o‘ynashi mumkin. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Braziliya terma jamoasi o‘rnida jarohat olgan “qaymoqranglilar” markaziy himoyachi Eder Militao jarohatidan so‘ng madridliklar safida faqat ikkita markaziy himoyachi Antonio Ryudiger va Xesus Valexo tarkibda bo‘lib turibdi.

Qayd etilishicha, avstriyalik himoyachi David Alabaning tiklanishi uchun yana bir necha hafta kerak bo‘ladi va Karvaxal o‘z pozitsiyasi bo‘lmasa ham, himoya markazida o‘ynay oladi.

Militao yana 10-15 kun maydonda bo‘la olmaydi. “Real”ning navbatdagi o‘yini 14 sentyabr kuni La Liganing 5-turi doirasida “Real Sosedad”ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 23:55 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Daniel' Karvaxal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made