Bozorlardagi narx-navo e’lon qilindi
Jamiyat
−
17 fevral 2022 8064 1 daqiqa
O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida mol go‘shti 45 000 – 68 000 so‘m, qo‘y go‘shti 54 000 – 80 000 so‘m. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazgan kuzatuv natijalari bo‘yicha ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilingan.
Joriy yil 16 fevral holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari quyidagicha:
• Suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45 000 – 68 000 so‘m;
• Qo‘y go‘shti (1 kg) — 54 000 – 80 000 so‘m;
• Kartoshka (1 kg) — 3 500 – 7 000 so‘m;
• Piyoz (1 kg) — 1 500 – 4 500 so‘m;
• Sabzi (1 kg) — 1 000 – 5 000 so‘m;
• Tuxum (10 dona) — 6 000 – 14 000 so‘m;
• Guruch (1 kg) — 5 000 – 17 500 so‘m;
• O‘simlik yog‘i (1 l) — 13 600 – 24 000 so‘m;
• Shakar (1 kg) — 7 900 – 10 500 so‘m.
Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.
Live
BarchasiIIQK Hormuzda AQSH dron kemasini yo‘q qildi
10 sentabr