Kartoshka, shakar, yog‘... Bozorlarda narx-navo qanday?

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida kartoshka 3 000 – 7 000 so‘mdan, o‘simlik yog‘i esa 14 000 – 24 000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazgan kuzatuv natijalari bo‘yicha ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qilgan.

2021 yil 10 noyabr holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari quyidagicha:

•  suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45 000 – 68 000 so‘m;
•  qo‘y go‘shti (1 kg) — 52 000 – 80 000 so‘m;
•  kartoshka (1 kg) — 3000 – 7000 so‘m;
•  piyoz (1 kg) — 1200 – 4000 so‘m;
•  sabzi (1 kg) — 1000 – 5500 so‘m;
•  tuxum (10 dona) — 7000 – 15 000 so‘m;
•  guruch (1 kg) — 5000 – 17 500 so‘m;
•  o‘simlik yog‘i (1 l) — 14 000 – 24 000 so‘m;
•  shakar (1 kg) — 7500 – 10 000 so‘m.

Xabarga ko‘ra, narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

280

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing