Karlsenni sakratgan Abdusattorov 175 ming dollarlik turnirdan qancha ishlab oldi? (video)
Sport
−
13 may 2024
21875Polsha poytaxti Varshava shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha “Superbet Poland Rapid & Blitz” turniri nihoyasiga yetdi.
Turnirning blits bahslarida amaldagi jahon tojdori norvegiyalik Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratgan o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov musobaqada 8 ochko jamg‘arib, bu yo‘nalishda hindistonlik Arjun Erigaysi bilan 6-7 o‘rinni qo‘lga kiritdi.
10 nafar grossmeyster ishtirok etgan musobaqaning rapid bahslarida 1-o‘rin xitoylik Vey Iga nasib etdi. U bahslar davomida 13 ochko ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Blits bahslarining 3-turida Nodirbek Abdusattorovga imkoniyatni boy bergan Magnus Karlsen esa rapidda 2-o‘rinni egalladi.
Blits o‘yinlarida esa Karlsen chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu yo‘nalishda Nodirbek 9,5 ochko bilan 5-o‘rinni band etdi.
Umumiy natijalarga ko‘ra, Karlsen birinchi, Vey I ikkinchi, Abdusattorov esa 6-o‘rinni egalladi. Garchi turnida o‘zbekistonlik grossmeyster sovrinli o‘rinlarni egallay olmagan bo‘lsa ham, 11 ming dollar pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Nodirbek blits bahslarining 3-turida Karlsenni mag‘lubiyatga uchratib, uni o‘ziga xos reaksiya qilishga majbur qilgani bilan ham turnir kuzatuvchilarining yodida qoldi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar