Karlsen va bir qator yulduzlar Samarqanddagi shaxmat olimpiadasini o‘tkazib yuboradi
Sport
−
09:47 602 1 daqiqa
Jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda UzChess xabar berdi.
Norvegiya shaxmat federatsiyasi e’lon qilgan yakuniy tarkibga ko‘ra, Karlsen mamlakat terma jamoasi safida musobaqada ishtirok etmaydi. Shuningdek, bahorda dastlabki qaydnomaga kiritilgan Aryan Tari va Yon Ludvig Hammer ham Olimpiadadan voz kechgan.
Natijada uch nafar yetakchi shaxmatchisiz qolgan Norvegiya terma jamoasi ishtirokchilar reytingida 21-o‘ringa tushib ketgan.
Samarqanddagi Olimpiadani o‘tkazib yuboradigan mashhur shaxmatchilar orasida Fransiya vakili Alirizo Firuzja, AQSH grossmeysterlari Hikaru Nakamura va Lener Dominges, eronlik Parham Maqsudlu va Puya Idani, Ozarbayjon vakili Teymur Rajabov, angliyalik Devid Hauell, Polsha vakili Radoslav Voytashek hamda ruminiyalik Kirill Shevchenko ham bor.
Ma’lumot uchun, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 15–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu musobaqada Qozog‘istonning eng kuchli shaxmatchilaridan biri Bibisora Asaubayeva ishtirok etishi haqida xabar berilgani.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust